add

Rossiya va Ukraina yana harbiy asirlarni almashdi

27.06.2025 | 13:2044413

Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahbuslarni almashish jarayoni Istanbul kelishuviga muvofiq yana davom ettirildi. Tomonlar yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda erishilgan kelishuv asosida harbiy asirlarni qaytarishni amalga oshirishdi.

Rossiya va Ukraina yana harbiy asirlarni almashdi
2025 yil 26 iyun kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi harbiy asirlar almashuvi amalga oshirildi. Bu jarayon Istanbul kelishuvi doirasida so‘nggi muzokaralarda kelishib olingan qarorlar asosida o‘tkazilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi va Kiyev hukumati almashuv haqida rasman ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu galgi almashuvda asosan yaradorlar, sog‘lig‘ida jiddiy muammolari bo‘lgan shaxslar hamda 25 yoshdan kichik bo‘lgan harbiylar ishtirok etdi. «Euronews» nashrining yozishicha, ukrain tomoniga qaytarilgan harbiy xizmatchilarning aksariyati Rossiya hibsxonalarida uch yildan ortiq vaqt saqlangan. Ayniqsa, qaytarilganlarning ko‘pchiligi 2022 yildagi Mariupol mudofaasi payti asirga tushgan shaxslar ekani qayd etilgan. Ular asirlikda juda og‘ir sharoitlarda saqlangani va ayrimlarining sog‘lig‘i jiddiy ravishda yomonlashgani ta’kidlanmoqda. Tomonlar harbiy asirlarni almashish jarayonini davom ettirish niyatida ekanini bildirgan. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu kabi almashuvlar ikki yildan buyon vaqt-vaqti bilan amalga oshirib kelinmoqda. Bu muzokaralar jarayonida xalqaro vositachilar, jumladan, Turkiya va BMT vakillari ishtirok etayotgani xabar qilingan.

Teglar

Mavzuga oid