add

Rossiyada ikki kunda ikkita maktab binosi quladi

21.09.2025 | 19:3033543

Novosibirsk oblastidagi Tatarsk shahrida 21 sentyabr kuni maktab binosining bir qismi qulab tushdi. Bu oxirgi ikki kunda Rossiyada sodir bo‘lgan ikkinchi shunday hodisa hisoblanadi.

Rossiyada ikki kunda ikkita maktab binosi quladi
Rossiyaning Novosibirsk oblasti Tatarsk shahrida 5-sonli o‘rta maktab binosining bir qismi 21 sentyabr kuni qulab tushdi. MCHS ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 10:40 da sodir bo‘lgan. Baxtga ko‘ra, dam olish kunida maktabda odam bo‘lmagani uchun jabrlanuvchilar qayd etilmagan. Hozirda hodisa joyida tezkor xizmatlar ish olib bormoqda, prokuratura tekshiruv boshladi. Rossiya Tergov qo‘mitasi «loqaydlik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Ma’lum bo‘lishicha, maktab 1937 yilda qurilgan bo‘lib, 2019 yilda uning tuzilmasi 70 foizdan ortiq darajada eskirgani qayd etilgan. Kecha Moskvada ham maktab binosi qulab tushgan edi. Znamenskaya ko‘chasida rekonstruksiyada bo‘lgan 1080-sonli maktabda plita qulash oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan xavfsizlik qoidalari buzilishi bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan. Ikki kunda Rossiyada sodir bo‘lgan ikki yirik maktab binosining qulashi mamlakatdagi eski binolar holati va qurilish nazorati muammosini yana bir bor kun tartibiga chiqardi.

Teglar

Mavzuga oid