add

Rossiyada migrantlarning bolalari maktabga qabul imtihoniga qo‘yilmayapti

14.05.2025 | 14:0045213

Rossiya maktablariga kirish uchun mo‘ljallangan rus tili testlarida migrant bolalarning 81 foizi hatto sinovga qo‘yilmadi. Bunga sabab qilib hujjatlardagi kamchiliklar ko‘rsatilmoqda va boshqa ma’muriy to‘siqlar yaratilmoqda.

Rossiyada migrantlarning bolalari maktabga qabul imtihoniga qo‘yilmayapti
Rossiyada migrant bolalarni umumiy ta’lim maktablariga qabul qilish uchun joriy etilgan rus tili bilimiga oid test sinoviga 1762 arizadan faqat 335 tasi tasdiqlandi. Bu — 19 foizga teng. Rosobrnadzorga ko‘ra, rad etish holatlari hujjat to‘liq emasligi, noto‘g‘ri ma’lumotlar va maktablardagi bo‘sh o‘rinlarning yo‘qligi bilan izohlandi. Test sinovidan o‘tgan 44 boladan faqat 27 nafari (61 foizi) talab darajasida natija ko‘rsatgan. Yangi tartib 2024 yil dekabrida qabul qilingan va 2025 yil 1 apreldan amalga kirgan. Unga ko‘ra, maktabga kiruvchi har bir bola rus tilida gapirish, tinglash, o‘qish va yozishni belgilangan ballar asosida bilishi kerak. Birinchi sinf uchun gapirish va eshitish ko‘nikmalari, ikkinchi sinfdan esa o‘qish va yozish ham talab qilinadi. Masalan, birinchi sinf uchun 10 balldan 9 ball, o‘n birinchi sinf uchun 24 balldan 22 ball talab etiladi. O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, bu talablar migrantlarning bolalari uchun og‘ir to‘siq yaratib qo‘ymoqda. Mutaxassislar buni 2024 yil mart oyidagi «Krokus Siti Holl»dagi terrorchilik aktidan so‘ng boshlangan aksilmigrant siyosat bilan bog‘layapti. Shu bilan birga, hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari uzaytirilgan, IIV tomonidan ota-onalarning Rossiyada qolish qonuniyligi tekshirilyapti. Prezident Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan bolalarni qabul qilmaslikni qo‘llab-quvvatladi. U bunday bolalarni o‘z vatanlarida tayyorlash maqsadida Markaziy Osiyoda rus maktablarini ochishni taklif etdi.

Teglar

Mavzuga oid