add

Rossiyada «miyalar oqimi» 90-yillardan buyon rekord darajaga yetdi

15.06.2025 | 12:0018873

So‘nggi olti yil ichida Rossiyani 60 mingdan ortiq olim tark etdi. Ular nafaqat AQSH yoki Germaniyaga, hattoki Armaniston va Qozog‘istonga ham ketmoqda. Bu 1990-yillardan beri kuzatilmagan darajadagi «intellektual oqim» hisoblanadi.

Rossiyada «miyalar oqimi» 90-yillardan buyon rekord darajaga yetdi
Rossiyadagi fan sohasi chuqur tanazzulga yuz tutmoqda. Mamlakatdagi repressiv muhit, ta’qiblar va fanga nisbatan davlat siyosati natijasida so‘nggi olti yil ichida 60 mingdan ortiq tadqiqotchi Rossiyani tark etgan. Ukraina tashqi razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, har yili mamlakatdagi olimlarning taxminan 1 foizi emigratsiya qilmoqda. Bunday yuqori sur’atdagi «intellektual oqim» so‘nggi marta 1990-yillar oxirida kuzatilgan. Eng ko‘p tark etilayotgan sohalar qatorida fizika, informatika, astronomiya va matematika bor. Rossiyalik olimlar ko‘proq Germaniya, AQSH va Shveysariyaga ketmoqda. Lekin oxirgi yillarda Armaniston, Qozog‘iston va BAA ham yangi yo‘nalishlar sifatida ro‘yxatga kirgan. Razvedka ma’lumotlarida qayd etilishicha, Rossiyada ilm-fanga xizmat qiluvchi mutaxassislar turli shakllarda ta’qib qilinayotgani, ba’zilari qamoqqa olinayotgani yoki jismoniy tarzda yo‘q qilinayotgani ham kuzatilmoqda. Bu esa fan muhitini qo‘rquv va izolyatsiyaga botirmoqda. Rossiyadagi mavjud siyosiy vaziyat va Kremlning fanga nisbatan siyosatini «ilmni sistemali ravishda yo‘q qilish» deb baholagan razvedka xizmati, bu oqibatda mamlakatda ilmiy salohiyat va raqobatbardoshlik tez sur’atda yo‘qolib borayotganini ta’kidlagan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada «miyalar oqimi» 90-yillardan buyon rekord darajaga yetdi | Vaqt.uz