
Rossiyada musulmonlar va chechenlarni haqoratlagan blogerni o‘g‘irlab ketishdi
04.06.2025 | 12:4014082
Moskvada biznes-trener va bloger Areg Samvelovich Shepixin o‘g‘irlab ketildi. Hodisa Yaroslav vokzalida sodir bo‘ldi: bir necha kishi uni Mercedes avtomobilining yukxonasiga majburan solib, maxsus signalli mashinada olib ketdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u yordam so‘ragan, ammo hech kim yordam bermagan.

Shepixin o‘zini Rossiyadagi yagona milliy spiker deb atagan va o‘zini mentor, marketolog, biznes-kouch, dunyodagi №1 vizioner sifatida tanitgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatida chechenlar, musulmonlar va boshqa shaxslarga nisbatan haqoratli bayonotlar mavjud bo‘lgan.
O‘g‘irlanishidan bir necha daqiqa oldin u Yaroslav vokzalidan navbatdagi videosini yozib, ayrim blogerlarni haqorat qilgan. Bu videosi orqali u o‘z joylashuvini oshkor qilgan bo‘lishi mumkin .
O‘g‘irlashda chechenistonliklar ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, uni olib ketgan shaxslar chechen aksentida so‘zlashgan. Chechen blogerlari uning videolarini tarqatib, jazolanishini talab qilishgan.
Politsiya Mercedes avtomobilni Skolkovo hududida to‘xtatishga urinishgan, ammo u qochib ketgan. Keyinroq, avtomobil Kiyev shossesida to‘xtatilgan, lekin u yerda Shepixin bor-yo‘qligi noma’lum bo‘lgan. Hozirda politsiya ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.





