add

Rossiyada smartfon bozori 25 foizga quladi: aholi tejashga o‘tdi

Bugun 18:392 daqiqa

2025 yilda iqtisodiy bosim fonida rossiyaliklarni yangi smartfon xaridini kechiktirishga majbur qildi.

Rossiyada smartfon bozori 25 foizga quladi: aholi tejashga o‘tdi

2025 yilda Rossiyada smartfonlar savdosi keskin qisqardi. «Vedomosti» nashrining distributorlar Fplus va M.Video ma’lumotlariga tayanib yozishicha, yillik hisobda bozor hajmi 19–25 foizgacha pasaygan. Yil davomida 24,2 mlnta qurilma sotilgan bo‘lib, umumiy aylanma 588 mlrd rublni tashkil etdi. Solishtirish uchun, 2024 yilda 29,8 mln ta smartfon 720 mlrd rublga sotilgan edi.

«OFD platformasi» statistikasiga ko‘ra, smartfonning median narxi 25 309 rublni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga arzonlagan. Shu bilan birga, bozordagi yetakchi brendlar saqlanib qolmoqda: dona hisobida Xitoyning «Xiaomi» 22 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinda, ikkinchi o‘rinda «Samsung», uchinchi o‘rinni esa «Tecno» va «Realme» bo‘lishib olgan. Qiymat jihatidan esa bozorda «Apple», «Samsung» va «Xiaomi» yetakchilik qilmoqda.

«M.Video» ma’lumotlariga ko‘ra, dona hisobida «Redmi» 18 foiz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Pul ifodasida esa «Apple» bozorning 27 foizini saqlab qolgan, «Samsung» — 21 foiz, «Redmi» va «Tecno» esa mos ravishda 11 foiz va 7 foiz ulushga ega.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, pasayishning asosiy sababi — iqtisodiy sharoit. Rossiyaliklar yangi smartfonni faqat zarurat tug‘ilganda, masalan, eski qurilma ishdan chiqqan holda sotib olmoqda. Shu sabab treyd-in xizmati ommalashdi: 2025 yilda «M.Video» tarmog‘ida ushbu dastur orqali topshirilgan smartfonlar soni 292 foizga oshgan.

Shu bilan birga, ikkilamchi bozor ham faol o‘smoqda. «Avito» ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda avval ishlatilgan smartfonlar aylanmasi 10 foizga ko‘paygan. Qayta sotish bozorida xaridorlar yangi qurilma narxining taxminan yarmigacha tejash imkoniga ega bo‘lmoqda, bu esa umumiy talabni yanada qisqartiryapti.

Teglar

Mavzuga oid