add

Rossiyaning urushdagi qurbonlari oyiga 30 mingga yetdi — NATO

Bugun 12:332 daqiqa

NATO rahbariyati janggohlarda Rossiya armiyasida yo‘qotishlar keskin oshganini aytar ekan, bu raqamlar urush dinamikasi va Ukrainaga yordam masalasini yana kun tartibiga chiqardi.

Rossiyaning urushdagi qurbonlari oyiga 30 mingga yetdi — NATO

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Davosda o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushdagi yo‘qotishlari keskin oshganini ma’lum qildi.

«Dekabr oyida rossiyaliklar har kuni o‘rtacha ming nafar jangchisidan ajralgan — tiklanmas tarzda yaralanganlar emas, aynan o‘ldirilishi natijasida», — degan Ryutte.

Bu bir oy ichida 30 mingdan ortiq qurbon degani.

U NATO baholashlariga tayanib, bu ko‘rsatkichlarni tarixiy solishtirish bilan izohladi. Xususan, u SSSR Afg‘onistondagi o‘n yillik urush davomida taxminan 20 ming nafar askarni yo‘qotganini eslatdi. Ryuttening ta’kidlashicha, bunday katta yo‘qotishlarga qaramay, Rossiya armiyasi hujum harakatlarini to‘xtatmayapti va bu Ukrainaga ko‘makni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

 

Yo‘qotishlar ko‘lami

Bundan oldin ham NATO rahbari Rossiya har oy Ukrainada 20–25 ming atrofida qurbon beryotganini aytgan edi. Shu hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yil davomida Rossiya armiyasining tiklanmas  yo‘qotishlari 240 mingdan 300 ming nafargacha yetishi mumkin. NATOning umumiy baholashlariga ko‘ra, «maxsus harbiy operatsiya» deb atalgan urush boshlanganidan beri Rossiyaning jami yo‘qotishlari 2025 yil dekabriga kelib 1,15 million nafarга yetgan.

Shu qurbonlar orasida taxminan 400 ming kishi og‘ir jarohat olib, nogiron bo‘lib qolgan. Bu raqam alohida ahamiyatga ega, chunki u Bryansk yoki Tver shahri aholisi soniga yaqin. Ekspertlar bunday yo‘qotishlar Rossiya jamiyati va mehnat bozoriga uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

 

Kadr muammosi kuchaymoqda

Hozir Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni asosan shartnoma asosida xizmatga jalb etilganlar hisobidan qoplamoqda. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qilishicha, o‘tgan yilda 422 704 nafar kishi mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan, yana 32 ming nafar ixtiyoriy otryadlarga qo‘shilgan. Biroq bu raqamlar avvalgi yilga nisbatan pasayishni ko‘rsatmoqda.

«Vyorstka» manbalariga ko‘ra, 2025 yilda shartnoma asosida askarlarni jalb qilishda deyarli barcha hududlarda kamchilik kuzatilgan. Moskvada ham bu ko‘rsatkich 25 foizga kamaygan. Manbalar rossiyaliklarning urushdan charchagani va frontga borishni istaganlar allaqachon ketib bo‘lgani sabab, endi odamlarni turli yo‘llar bilan aldash holatlari ko‘payganini qayd etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid