add

Saida Mirziyoyeva Oksford universiteti mukofotiga sazovor bo‘ldi

17.10.2025 | 08:1822003

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim sohasidagi faolligi uchun Oksford universitetining nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi.

Saida Mirziyoyeva Oksford universiteti mukofotiga sazovor bo‘ldi
16 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofot Saida Mirziyoyevaga xotin-qizlar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, maishiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda ayollar huquqlari va manfaatlarini mustahkamlashga qaratilgan ilhomlantiruvchi liderligi uchun berildi. 14 oktyabr kuni u Oksford universitetidagi O‘zbekshunoslik dasturi ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Bu dastur Britaniyada ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, Oksford universiteti o‘zbek va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tillari rasman o‘quv dasturiga kiritilgan mamlakatdagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. O‘z nutqida Saida Mirziyoyeva uzoq yillar davomida O‘zbekiston yopiq davlat bo‘lib kelgan, ammo bugungi kunda u ilm, texnologiya va innovatsiyalarga ochiq mamlakatga aylanayotganini ta’kidladi. «Bugun biz dialog va ochiq muloqot uchun har qachongidan ham ochiqroqmiz. Va bu dialogni boshlash uchun Oksforddan yaxshi joy bo‘lishi mumkinmi? Bu yerda dunyo madaniyatlari, tillari va g‘oyalari kesishadi, ta’lim esa faqat shaxslarni emas, balki butun millatlarni ham shakllantiradi», — dedi Saida Mirziyoyeva. Oksford universiteti rahbariyati uning faoliyatini «ilhom manbai va ayollar uchun teng imkoniyatlar sohasida namuna» sifatida baholadi. Mukofot marosimi doirasida Mirziyoyeva o‘zbek tilini xalqaro miqyosda o‘qitish va tadqiq etishni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ham qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid