add

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan uchrashdi

Kecha 10:551 daqiqa

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ishonchli siyosiy muloqot va hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajada shakllangan o‘zaro ishonch va yaqin siyosiy aloqalar izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

«Kecha Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdim. Suhbat samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi», — deydi Mirziyoyeva.

Tomonlar ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot barqaror hamkorlik uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdilar.

Uchrashuv davomida parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish, qonunchilik sohasida tajriba almashish hamda doimiy muloqot mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Saida Mirziyoyeva 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun samarali va mazmunli bosqich bo‘lganini ta’kidlab, amaliy sheriklik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud salohiyatni to‘liq ishga solish ikki mamlakat manfaatlariga to‘la mos keladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident administratsiyasi rahbari 4-fevral kuni Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofotini topshirish marosimida ishtirok etgan edi.

Teglar

Mavzuga oid