add

Saida Mirziyoyeva Toshkentda ekologiya bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishini o‘tkazdi

02.12.2025 | 22:553142 daqiqa

«Prezident har kuni mendan shu masalalar bo‘yicha hisobot so‘raydi», – dedi Toshkentda ekologiya bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishini o‘tkazayotgan Saida Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva Toshkentda ekologiya bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishini o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun, 2-dekabr kuni kechqurun Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Bu haqda komissiyaning Telegram kanalida xabar berildi.

2



Yig‘ilishga qabul qilingan chora-tadbirlar xususida Toshkent shahri va viloyati hokimlari, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi hamda huquq-tartibot idoralari vakillari axborot bermoqda.

Vaziyat rahbariyat nazoratida, doimiy kuzatuv va tahlil olib borilmoqda, davlat havo ifloslanishi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rmoqda.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida atmosfera havosining ifloslanishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

«Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot so‘rayaptilar. Xalqimizning salomatligi bilan bog‘liq masala bo‘lgan joyda hech birimizning sustkashlikka yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q», - dedi Saida Shavkatovna.

Maxsus komissiya yig‘ilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan.

«Administratsiya rahbari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlaridan bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda hisobot berib turishni talab etdi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Maxsus komissiya a’zolari oldiga aniq vazifalar qo‘ydi: hozirda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muayyan muddatlarga ega bo‘lishi va tizimli ravishda bajarilishi lozim. Kelgusi yilda bunday vaziyat takrorlanmasligi kerak», - deyiladi xabarda.

Ko‘rib chiqilgan keng qamrovli chora-tadbirlar majmuasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yashil maydonlarni barpo etish turlari va joylari, ariq tizimini qayta tiklash, issiqxonalar va sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish hamda havo sifatini yaxshilash bo‘yicha boshqa shoshilinch harakatlar.

Ma’lumot uchun, Yaponiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida oxirgi 1 haftalik tekshiruvlar shuni ko‘rsatmoqdagi, havo tarkibidagi 40 foiz changlar antropogen unsurlar (odamlarning ta’siri bilan shakllangan), 60 foizi esa tabiiy changlar ekani ma’lum bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid