Logo

«Samarkand-2028» sun’iy yo‘ldoshi ertaga fazoga uchiriladi

Bugun 08:301 daqiqa

O‘zbekiston nomi berilgan giperspektral sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni Xitoydan orbitaga uchiriladi.

«Samarkand-2028» sun’iy yo‘ldoshi ertaga fazoga uchiriladi © ijtimoiy tarmoqlar

Ertaga, 5-avgust kuni Xitoyning Shandun viloyati sohillari yaqinidagi dengiz start platformasidan «STAR.VISION» kompaniyasi tomonidan «Samarkand-2028» va «Lampung-1» giperspektral sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga uchiriladi.

«Samarkand-2028» missiyasi «O‘zbekkosmos» agentligi va «STAR.VISION» kompaniyasi o‘rtasida imzolangan strategik memorandum doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha O‘zbekistonning kosmik texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorligining amaliy natijasi sifatida baholanmoqda.

Sun’iy yo‘ldoshga «Samarkand-2028» nomi 2028 yilgi Xalqaro astronavtika kongressini Samarqand shahrida o‘tkazish haqida qabul qilingan qaror sharafiga berilgan.

Sun’iy intellekt bilan ishlaydi

Loyiha doirasida «O‘zbekkosmos» agentligi mutaxassislari sun’iy yo‘ldosh borti uchun maxsus sun’iy intellekt modulini ishlab chiqqan.

Mazkur modul giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitaning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi. Bu esa Yer yuzasini masofadan zondlash samaradorligini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.

Olinadigan ma’lumotlardan qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qilish va boshqa sohalarda foydalanish rejalashtirilgan.

Startga tayyorgarlik yakunlanmoqda

Ma’lum qilinishicha, raketa allaqachon start kemasi bortiga joylashtirilgan va uchirish hududi tomon yo‘l olgan.
Hozirda barcha tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda. Uchirish 5-avgust kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid