add

Samarqandda ayrim ko‘chalarda tajriba sifatida bir tomonlama harakat joriy etilmoqda

28.09.2025 | 10:2835623

Samarqand shahar Kengashi qaroriga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab bir oy davomida shahar markazidagi bir qator ko‘chalarda bir tomonlama harakat sinov tariqasida joriy etiladi.

Samarqandda ayrim ko‘chalarda tajriba sifatida bir tomonlama harakat joriy etilmoqda
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining joriy yil 26-sentyabr kuni qabul qilingan qaroriga muvofiq, 1oktyabrdan boshlab, bir oy muddat davomida Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida bir tomonlama harakatlanish tartibi sinov tariqasida joriy etiladi:
  • Mahmud Қошғарий ko‘chasi – Bobur Mirzo ko‘chasidan Husayn Boyqaro ko‘chasigacha;
  • Abdurahmon Jomiy ko‘chasi – Husayin Boyqaro ko‘chasidan Universitet xiyobonigacha;
  • Orzu Mahmudov ko‘chasi – Universitet xiyobonidan O‘zbekiston ko‘chasigacha;
  • Ko‘ksaroy maydoni – Viloyat hokimligi ma’muriy binosidan Ulug‘ Tursunov ko‘chasigacha;
  • Shohrux Mirzo ko‘chasi – Universitet xiyobonidan Ulug‘ Tursunov ko‘chasigacha;
  • Husayn Boyqaro ko‘chasi – Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha;
  • Chuquryo‘l ko‘chasi – Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi tutashmasidan Husayin Boyqaro ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Ulug‘ Tursunov ko‘chasi – Shohrux Mirzo ko‘chasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha;
  • Yusuf Hamadoniy ko‘chasi – Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Husayn Boyqaro ko‘chasigacha;
Bu o‘zgarishlar shaharda tirbandliklarni oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar

Mavzuga oid

Samarqandda ayrim ko‘chalarda tajriba sifatida bir tomonlama harakat joriy etilmoqda | Vaqt.uz