Samarqandda jamoat transportida yo‘lkira narxi 1000 so‘mga oshirilmoqda

Bugun 20:551 daqiqa

Qolaversa, yaqin kunlarda jamoat transportida yo‘l haqini naqd pul orqali to‘lash mutlaqo bekor qilinadi.

Samarqandda jamoat transportida yo‘lkira narxi 1000 so‘mga oshirilmoqda © Transport nazorati inspeksiyasi

Samarqand shahrida 1-maydan jamoat transportida yo‘lkira narxi oshiriladi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashining 23-aprel kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 1-maydan avtobus, elektrobus va tramvayda yo‘l haqi naqd pul (QR kodli chipta) orqali to‘langanda 4 ming so‘mni tashkil etadi. Bu amaldagi tarifga nisbatan 1 ming so‘mga oshirilgan. Shu bilan birga, transport va bank kartasi orqali to‘lov qilinganda narx o‘zgarmaydi – 2 ming so‘mligicha qoladi.

Bundan tashqari, mutasaddilarga jamoat transporti harakatini barcha yo‘nalishlarda soat 22:00 gacha uzaytirish, turistik yo‘nalishlarda esa 24 soat davomida ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, Samarqand shahrida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, yaqin kunlarda jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovi naqd pul orqali to‘liq bekor qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid