add

Samarqandda Umummilliy «AI Hackathon» musobaqasi boshlandi

Unda «iX» jamoasi messenjerlarda giyohvandlik savdosini aniqlashga qaratilgan algoritmni taqdim etdi. Loyiha maqsadi —yashirin «qora bozor»larni fosh etish va narkotiklar savdosiga chek qo‘yish.

Samarqandda Umummilliy «AI Hackathon» musobaqasi boshlandi

Joriy yilning 22-yanvar kuni Samarqandda Umummilliy «AI Hackathon»ning ikkinchi bosqichiga start berildi. Bu haqda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirda 400 dan ortiq yosh mutaxassis ro‘yxatdan o‘tgan. Uch kun davomida mamlakatning yetakchi AT-kompaniyalari murabbiylari rahbarligida jamoalarda: tibbiyot, ta’lim, kiberxavfsizlik, tadbirkorlik va taqiqlangan moddalar aylanishiga qarshi kurash kabi sohalarda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalar ishlab chiqilgan.

Umummilliy AI Hackathon'da ishtirok etayotgan «iX» jamoasi messenjerlarda giyohvandlik vositalari savdosini aniqlash va cheklashga ixtisoslashgan maxsus algoritmni taqdim etgan. Loyihadan asosiy maqsad — yashirin «qora bozor»larni fosh etish va narkotiklar savdosiga chek qo‘yish.

Ishtirokchilar uchun yetakchi mutaxassislar tomonidan mahorat darslari va seminarlar ham o‘tkazildi. Umummilliy AI Hackathon finali 2026 yil dekabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadi!

Teglar

Mavzuga oid