add

Sanksiya emas, lekin taqiq: Yevropa Rossiya gazidan voz kechmoqchi

17.06.2025 | 22:206293

Yevroittifoq Rossiya gaziga bog‘liqlikni to‘xtatish bo‘yicha aniq reja e’lon qildi. Hujjatga ko‘ra, 2026 yildan boshlab yangi shartnomalar taqiqlanadi, mavjud shartnomalar esa 2027 yil oxirigacha to‘liq tugatiladi. Bu sanksiyalar orqali emas...

Sanksiya emas, lekin taqiq: Yevropa Rossiya gazidan voz kechmoqchi
Yevroittifoq 2027 yil oxirigacha Rossiyadan tabiiy gaz import qilishni to‘liq to‘xtatishni maqsad qilgan yangi rejani e’lon qildi. Reuters agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hujjatda Rossiya bilan energetika sohasidagi shartnomalarni tugatish bosqichlari aniq ko‘rsatilgan. 2026 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya bilan yangi gaz shartnomalari tuzish taqiqlanadi. Qisqa muddatli amaldagi kelishuvlar 2026 yil 17 iyungacha, uzoq muddatlilari esa 2027 yil oxirigacha bekor qilinishi kerak bo‘ladi. Yevroittifoq bu cheklovni sanksiya shaklida emas, balki savdo qonunchiligi orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu mexanizm barcha a’zo davlatlar roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin, chunki savdo masalalarida ko‘pchilik ovoz yetarli hisoblanadi. Bunday yondashuv Vengriya yoki Slovakiya kabi Rossiya gaziga bog‘liq davlatlar qarshiligiga qaramasdan qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Avvalroq Financial Times ham Yevropa Komissiyasi aynan savdo yo‘li orqali harakat qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Yevroittifoq davlatlari bu taklifni muhokama qilib, keyinchalik Yevropa Kengashi va Yevropa Parlamenti tomonidan rasman tasdiqlanishi kutilmoqda. Rossiya gazidan butunlay voz kechish qit’adagi energiya xavfsizligini diversifikatsiya qilishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid