add

Senat islomiy bank faoliyatiga oid qonunni ma’qulladi

Bugun 16:011 daqiqa

Hujjatga muvofiq, 2 ta kodeks va 7 ta qonunga islomiy bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydigan normalar kiritilmoqda.

Senat islomiy bank faoliyatiga oid qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston Senati islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Hujjat bank-moliya tizimida islomiy moliya xizmatlarini qonuniy asosda amalga oshirish imkonini yaratadi va sohadagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Qonunga kiritilayotgan yangi normalar

Hujjutga muvofiq, ikki kodeks hamda yetti qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydigan normalar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgartishlar islomiy moliya tamoyillariga muvofiq xizmatlar ko‘rsatishni qonun darajasida mustahkamlaydi.

Qonunga ko‘ra, islomiy bank faoliyati uchun alohida litsenziya turi joriy etiladi. Banklar to‘liq islomiy faoliyat yuritishi yoki an’anaviy xizmatlar bilan birga islomiy xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Markaziy bank va ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi banklarda Islomiy moliya kengashlari tashkil etiladi. Ushbu kengashlar islomiy moliya tamoyillariga rioya etilishini ta’minlaydi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar

Islomiy moliya operatsiyalarining o‘ziga xosligi inobatga olinib, Soliq kodeksiga alohida bob kiritiladi. Unga ko‘ra, islomiy moliyadan olingan daromadlar soliq maqsadida foizli daromadlarga tenglashtiriladi, mijozga sotiladigan tovarlardagi ustama esa QQSdan ozod qilinadi.

Senatorlar ushbu qonun bank-moliya sohasiga yangi strategik investorlarni jalb qilish, aholi va biznes uchun moliyaviy xizmatlar turini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid