Logo

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Davlat rahbari Ostonada o‘tadigan «Kelajak o‘yinlari» xalqaro musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari Ostona shahrida «Kelajak o‘yinlari» uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

«Kelajak o‘yinlari» an’anaviy sport turlari hamda ularning raqamli shakllarini o‘zida mujassam etgan musobaqa hisoblanadi.

Musobaqa 29-iyuldan 9-avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirokida o‘tkaziladi.

Teglar

Mavzuga oid