add

Shavkat Mirziyoyev Pokistondagi yetakchi universitetning faxriy professori bo‘ldi

Shahboz Sharif O‘zbekiston rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.


Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvolarini berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bosh vazir Shahboz Sharif O‘zbekiston rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.

Unvonlar nima uchun berildi?

Ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berildi.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri, universitet rahbariyati va akademik hamjamiyatiga yuksak unvonlar uchun minnatdorlik bildirib, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Universitet haqida

1991 yilda tashkil etilgan Milliy fan va texnologiyalar universiteti ilmiy izlanishlar va innovatsion faoliyat, magistr va doktorlarni tayyorlash hamda sanoat va iqtisodiyot ehtiyojlariga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlarni olib borish kabi yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan.

Teglar

Mavzuga oid