add

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklarni samimiy tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklarni samimiy tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklarni samimiy tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi. U o‘z tabrigida butun mamlakat ahli va mo‘min-musulmonlarni ulug‘ va mo‘’tabar ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

avlat rahbari ushbu bayramning tinch va osoyishta muhitda o‘tayotgani uchun Alloh taologa shukronalar bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekistonda millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash, vijdon erkinligini ta’minlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.

Prezident Toshkentda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazini ham tilga oldi. Uning ta’kidlashicha, ushbu ilmiy-ma’naviy loyiha nafaqat mamlakatda, balki xalqaro maydonda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda 15 mingga yaqin o‘zbekistonlik haj ziyoratida ekanini eslatdi va ularga xayrli duolar yo‘lladi. Davlat rahbari hojilarning yurtga sog‘-salomat qaytib kelishlarini tilab, ularni yoshlarni ilm-ma’rifatga undash, oilalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va muhtojlarga yordam berishda ibrat bo‘lishga chorladi.

Prezident xorijdagi vatandoshlarni ham muborak ayyom bilan tabriklab, ularga sog‘lik-salomatlik va omad tiladi. U dunyodagi murakkab sharoitga qaramay, yurtda tinchlik va totuvlikni saqlash orqali qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkinligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev mard va oliyjanob xalqimiz bunga qodir ekanini alohida qayd etdi.

O‘z tabrigi nihoyasida prezident barcha yurtdoshlarga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlarga fayzu baraka tiladi hamda Qurbon hayitini yana bir bor samimiy muborakbod etdi.

Teglar

Mavzuga oid