Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportida Iordaniya qirolini kutib oldi
25.08.2025 | 19:4047572
Iordaniya podshohi Samarqand shahriga keldi. Iordaniyalik mehmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib olgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25 avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Samarqand shahri aeroportida Iordaniya podshohini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib olgan.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilgan, faxriy qorovul saf tortgan. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun davlat rahbarlari birgalikda qadimiy Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar.