add

«Shavkat Mirziyoyevdan salom»: Baxtiyor Saidov Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpin bilan uchrashdi. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning salomi yetkazildi va ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

«Shavkat Mirziyoyevdan salom»: Baxtiyor Saidov Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. 15 iyul kuni u Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi. «Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Janobi Oliylari bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazishdan mamnunmiz», — dedi vazir. Ma’lum bo‘lishicha, tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda qo‘shma savdo, transport aloqalari va madaniy almashinuvlarni o‘z ichiga olgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llari muhokama qilingan. «Biz SHHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni ta’minlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklashish borasida birgalikda harakat qilishimizni yana bir bor ta’kidladik», — deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid