add

SIBOS‑2025: Octobank raqamli yechimlariga xalqaro banklar qiziqish bildirmoqda

30.09.2025 | 17:0010623

2025 yil 29 sentyabrda Frankfurtda moliya, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi eng yirik jahon forumlaridan biri — SIBOS 2025 boshlandi, unda Octobank eksponent maqomida ishtirok etmoqda.

SIBOS‑2025: Octobank raqamli yechimlariga xalqaro banklar qiziqish bildirmoqda

Frankfurt Main Finance ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilgi tadbirda butun dunyodan 11 mingdan ortiq ishtirokchi va 200 ga yaqin eksponent kompaniyalarni, jumladan, global banklar, fintex, regulyator va investorlarni jamladi.

Forumda Octobank dunyoning yetakchi moliyaviy tashkilotlari bilan faol aloqalar o‘rnatmoqda. Xalqaro ishtirokchilar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashishga intilib, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan va moliya bozori uchun salohiyatni ko‘rsatayotgan texnologik ishlanmalarni namoyish etmoqda.

Octobank afm 02

Forumning birinchi kunida NASDAQ (AQSH), Ghazanfan Bank (Eron), Banco De Comercio e Industria (Peru), Misyon Bank (Turkiya), The Taray (Meksika) va Arab African International Bank (Misr) kabi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bankning ishtirok dasturida — Mashreq Bank (Birlashgan Arab Amirliklari), Aktif Bank (Turkiya), Landesbank Baden-Württemberg (Germaniya), HDFC Bank (Hindiston), VakıfBank (Turkiya), Chainlink Labs (AQSH) va boshqa asosiy ishtirokchilar bilan muzokaralar ham o‘rin olgan.

Octobank afm 03 Octobank afm 04

SIBOS doirasidagi ochiq muloqot qo‘shma loyihalar va innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini ochib, Octobankʼning xalqaro maydondagi texnologik va ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Forum 2 oktyabrgacha davom etadi va raqamli to‘lovlar, sun’iy intellekt, barqaror rivojlanish, bank sohasining transformatsiyasi va kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan 500dan ortiq sessiyalarni o‘z ichiga oladi.

Reklama huquqi asosida.

Teglar

Mavzuga oid