
Singapur kompaniyasi O‘zbekistondagi konchilik korxonasini sotib oladi
06.08.2025 | 20:2050222
Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan investor kompaniya O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi kon-qazish va muhandislik sohasidagi xususiy korxonani sotib olishga qaror qildi. Raqobat qo‘mitasi ushbu bitimga rasman rozilik berdi.

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan «Multinational Mining Group Overseas PTE.Ltd.» kompaniyasining «Multinational Mine Group» ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini sotib olish bo‘yicha bitimni ma’qulladi.
Bu bitim orqali Singapurlik investor foydali qazilmalarni qidirish va muhandislik ishlari bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek kompaniyasiga to‘liq egalik qilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Multinational Mining Group Overseas PTE.Ltd.» kompaniyasi xolding kompaniyalari faoliyati va korxonalarga investitsiyalar kiritish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bo‘lib, «Multinational Mine Group» MCHJ XK esa foydali qazilmalarni qidirish va muhandislik izlanishlari sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.





