
So‘mning mustahkamlanishi nimalarga ta’sir qiladi?
28.08.2025 | 19:00386410
O‘tayotgan haftada so‘m AQSH dollarga nisbatan biroz mustahkamlangan bo‘lsa-da, boshqa valyutalarga qaraganda qadrsizlanishda davom etgan.

Umuman olganla, 2025 yilning yanvaridan buyon milliy valyuta – so‘m dollarga nisbatan taxminan 4 foizga mustahkamlandi. Bu o‘rtacha kurs emas, balki yil boshi va joriy davrdagi kurslar nisbati asosida hisoblangan.
So‘mning mustahkamlanishini faqatgina dollarning qadrsizlanishi bilan izohlash to‘liq to‘g‘ri emas, ayniqsa oxirgi bir necha oyda. Chunki jarayonni tahlil qilinganda, unda global va ichki omillarning turli davrlarda turlicha ta’sir ko‘rsatganini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, so‘m kursini baholashda faqat nominal kurs emas, balki mamlakat raqobatbardoshligini aks ettiruvchi real valyuta kursiga ham e’tibor qaratish zarur. Real kursning dinamikasi bizga so‘mning haqiqiy iqtisodiy asoslarda qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatadi.
Infografika: Mirkonomika[/caption]
Qanday global omillar ta’sir qildi?
Shu yilning dastlabki 4 oyida, ya’ni yanvar–aprelda real kurs qadrsizlangan. Bunga dollarning global qadrsizlanishi va rublning keskin mustahkamlanishi ta’sir qildi. Xususan, fevralda real kurs –3,4 foizga, martda –0,8 foizga, aprelda esa –1,8 foizga qadrsizlangan.
May oyidan keyin teskari tendensiya boshlandi. Bu davrda nafaqat nominal kurs, balki real kurs ham mustahkamlandi. Xususan, mayda real kurs 0,93 foizga, iyunda esa 2 foizga yaxshilangan. Biroq holat uzoq davom etmadi, iyulga kelib yana qadrsizlanish jarayoni kuchaydi.
Bunga 1,1 mlrd dollarlik oltin eksporti hisobiga Shveysariya savdo ulushining oshishi asosiy sabab bo‘ldi. Natijada so‘m frankka nisbatan 2 foizga, еврога nisbatan esa 1,5 foizga qadrsizlandi. Umumiy hisobda real kurs iyul oyida qariyb 2 foiz pasaygan.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning aytishicha, bunga faqatgina tashqi omillar emas, balki ichki faktorlar ham sabab bo‘lgan.
Real valyuta kursi — bu milliy valyutaning haqiqiy qiymatini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich. Unga nafaqat rasmiy kurs, balki mamlakatlardagi tovar va xizmatlar narxi ham ta’sir qiladi. Real kurs mamlakatning tashqi bozorda qanchalik raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.
[caption id="attachment_14894" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Mirkonomika[/caption]
Qanday global omillar ta’sir qildi?
Shu yilning dastlabki 4 oyida, ya’ni yanvar–aprelda real kurs qadrsizlangan. Bunga dollarning global qadrsizlanishi va rublning keskin mustahkamlanishi ta’sir qildi. Xususan, fevralda real kurs –3,4 foizga, martda –0,8 foizga, aprelda esa –1,8 foizga qadrsizlangan.
May oyidan keyin teskari tendensiya boshlandi. Bu davrda nafaqat nominal kurs, balki real kurs ham mustahkamlandi. Xususan, mayda real kurs 0,93 foizga, iyunda esa 2 foizga yaxshilangan. Biroq holat uzoq davom etmadi, iyulga kelib yana qadrsizlanish jarayoni kuchaydi.
Bunga 1,1 mlrd dollarlik oltin eksporti hisobiga Shveysariya savdo ulushining oshishi asosiy sabab bo‘ldi. Natijada so‘m frankka nisbatan 2 foizga, еврога nisbatan esa 1,5 foizga qadrsizlandi. Umumiy hisobda real kurs iyul oyida qariyb 2 foiz pasaygan.
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning aytishicha, bunga faqatgina tashqi omillar emas, balki ichki faktorlar ham sabab bo‘lgan.
«Kurs o‘zgarishini faqat dollardagi o‘zgarish bilan izohlab bo‘lmaydi. Balki, birinchi 4 oyda bu faktor kurs o‘zgarishida dominantlik qilgandir, lekin so‘nggi bir necha oyda ichki va mamlakatimizga xos faktorlar valyuta kursi o‘zgarishida muhim rol o‘ynayotgandek», – deydi Xolboyev.Avgustda nima bo‘ladi? Avgust oyi bo‘yicha inflyatsiya va savdo ma’lumotlari hali e’lon qilinmagan. Biroq agar ko‘rsatkichlar iyul oyidagidek saqlansa, valyuta kursidan kelib chiqqan holda real kurs taxminan 1,9 foizga mustahkamlanishi mumkin. E’tiborlisi, so‘m dollarga nisbatan mustahkamlangan bo‘lsa-da, boshqa valyutalarga qaraganda qadrsizlanishda davom etgan. Avvalroq, so‘m «tebranuvchanlik»da qozoq tangasini ham ortda qoldirgani haqida xabar bergan edik. So‘m mustahkamlanishi Qirg‘iziston bilan ish haqini tenglashtiradimi? Qirg‘izistonda 2025 yil yanvar–iyun oylarida o‘rtacha ish haqi 42 ming 020 qirg‘iz so‘mini tashkil etgan, bu o‘zbek so‘mida 6 mln 093 ming so‘mga teng. Solishtirish uchun, O‘zbekistonda shu davrda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 982 ming so‘m edi. Ya’ni ikki mamlakat o‘rtasidagi farq 110,7 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Aniqrog‘i, Qirg‘izistonda o‘rtacha oylik ish haqi ham, iqtisodiyot ham O‘zbekistonga nisbatan yuqori tezlikda o‘smoqda. Lekin o‘zbek so‘mining qirg‘iz so‘miga nisbatan mustahkamlanishi tafovutlarni kamaytirishni boshladi. Uch oy oldin esa bu farq ancha yuqori bo‘lib, qirg‘izistonliklar foydasiga 215 ming so‘mni tashkil etgandi. O‘shanda Qirg‘izistonda o‘rtacha ish haqi 40 ming 264 qirg‘iz so‘mi (6 mln 011 ming so‘m), O‘zbekistonda esa 5 mln 796 ming so‘m bo‘lgan. Demak, so‘mning qirg‘iz so‘miga nisbatan mustahkamlanishi ish haqlaridagi farqni qisqartirmoqda. Qirg‘iziston iqtisodiyotidagi ijobiy o‘zgarish bo‘yicha iqtisodchi Otabek Bakirov munosabat bildirdi.
«Qirg‘izistonda o‘rtacha ish haqi 2023 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistondagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan va shundan buyon biz qo‘shnilardan ortda qolmoqdamiz. Nazarimda, bundan buyon iqtisodiy ko‘rsatkichlarimizni Qozog‘iston bilan emas, yuqori sur’atlarda o‘sayotgan Qirg‘iziston bilan solishtirib borishimiz va musobaqalashishimiz o‘rinliroq», – deydi u.Agar so‘m mustahkamlanishda davom etsa, O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi Qirg‘iziston ko‘rsatkichlariga yetib olishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yildan keyin so‘m dollar kursining kunlik o‘zgarish diapazoni ancha kengaygani va milliy valyuta iyulda barqarorlashgani haqida xabar berilgan edi. Mahliyo Hamidova tayyorladi.





