
Soxta «Labubu» qo‘g‘irchoqlari bolalar hayotiga xavf tug‘diradi — Feldman
AQSH iste’mol tovarlari xavfsizligi komissiyasi bolalar hayoti uchun xavf tug‘diradigan soxta Labubu qo‘g‘irchoqlarini xarid qilmaslikka chaqirdi.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, internetda «Lafufu» deb ataladigan qalbaki, sifatsiz o‘yinchoqlar osongina parchalanib, kichik bo‘laklarga ajralib ketadi. Bola ularni og‘ziga solib olishi mumkin, bu esa bo‘g‘ilish xavfini tug‘diradi. Komissiya a’zolari minglab bunday mahsulotlarni musodara qilgan.
Komissiyaning vaqtinchalik raisi Piter A. Feldman ta’kidlashicha: «Bunday qalbaki mahsulotlar Amerika uylarida bo‘lishi mumkin emas. Xar bir ota-ona farzandi o‘yinchoq sabab tiqilib qolmasligi uchun ehtiyot bo‘lishi zarur».
«Labubu» brendiga tegishli asl qo‘g‘irchoqlar Pop Mart kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi va yoz mavsumida ommaviy tarzda mashhurlikka erishdi. Ular ko‘p hollarda sirtlanmagan quti ichida sotiladi, xaridor esa qachon ochgandan keyingina qaysi qo‘g‘irchoq chiqqanini bilib oladi.
Komissiya iste’molchilarga haqiqiy mahsulotni qalbakidan ajratish bo‘yicha tavsiyalar ham berdi. Jumladan, asl qo‘g‘irchoqlarda Pop Mart kompaniyasining gologramma yorlig‘i, yangilarda esa oyoq qismida UV-shtamp mavjud bo‘ladi. Shuningdek, juda arzon narxda taklif etilayotgan tovarlar qalbaki bo‘lishi ehtimolini anglatishi mumkin.
Avvalroq ikki oy ichida O‘zbekiston aholisi 110 ming dollardan ortiq mablag‘ini Labubu brendi ostidagi o‘yinchoqlarga sarflagani haqida xabar bergan edik.





