Logo

«SpaceX» aksiyalari ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda

Bugun 07:551 daqiqa

IPOdan keyin bir necha kun ichida rekord darajada qimmatlashgan kompaniya aksiyalari endi teskari harakatni boshladi.

«SpaceX» aksiyalari ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda

«SpaceX» aksiyalari 22-iyun kungi savdolarda yana 7 foizga arzonlashdi. Bundan avval aksiyalar 17-iyun kuni 5 foizga, 18-iyun kuni esa yana 3,6 foizga tushgan edi. Shu tariqa kompaniya aksiyalari ketma-ket uchinchi savdo sessiyasida qiymat yo‘qotmoqda.

Biroq bu pasayishlarga qaramay, aksiyalar hali ham IPO vaqtidagi 135 dollarlik narxdan taxminan 27 foiz yuqori bo‘lib turibdi.

«SpaceX» aksiyalari 12-iyun kuni birjaga chiqqanida ilk savdo 150 dollardan boshlangan edi. Keyinchalik kompaniya aksiyalari tez sur’atlarda qimmatlashib, bir dona aksiya narxi 225 dollargacha yetdi.

Natijada «SpaceX» bozor qiymati bo‘yicha hatto «Amazon» va «Microsoft» kabi gigantlarni ortda qoldirib, dunyodagi to‘rtinchi eng qimmat ommaviy kompaniyaga aylangan edi.

Ilon Mask tarixdagi ilk trillioner

Avvalroq, Ilon Maskning boyligi 1,3 trillion dollarga yaqinlashib, tarixdagi eng boy inson sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlagani haqida xabar berilgan edi.

«Forbes Real-Time Billionaires» ma’lumotlariga ko‘ra, 15-iyun holatida uning boyligi 1,29 trillion dollarga baholangan. Bu ko‘rsatkich «Forbes» kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Boylikning keskin o‘sishiga «SpaceX» aksiyalarining IPOdan keyingi qimmatlashuvi sabab bo‘lgan. Kompaniya kapitalizatsiyasi 3 trillion dollardan oshib ketdi, Maskning boyligi esa bir kunning o‘zida 165 milliard dollarga ko‘paydi. Natijada u eng yaqin raqobatchilari — Larri Peyj va Jeff Bezosdan qariyb 1 trillion dollarga o‘zib ketdi.

Teglar

Mavzuga oid