Stomatologiya xizmatlari narxlari bir yilda 5,1 foizga o‘sgan
2025 yilda stomatologiya xizmatlari narxlari o‘sishi 5,1 foizga tushib, 2024 yildagi 12,4 foizlik sur’atga nisbatan qariyb ikki yarim barobar sekinlashdi.

2025 yilda O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar bozorida narxlar sezilarli darajada oshdi. Eng barqaror, ammo aholi uchun muhim yo‘nalishlardan biri hisoblangan stomatologiya xizmatlari yil davomida o‘rtacha 5,1 foizga qimmatlashgan. 2024 yilda bu xizmat 12,4 foizga o‘sgan edi.
Milliy Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot sohasidagi boshqa xizmat turlarida ham narx o‘sishi qayd etilgan. Xususan, tibbiyot laboratoriyalari xizmatlari narxlari 10,3 foizga oshgan bo‘lib, bu soha eng yuqori qimmatlashuvni ko‘rsatgan segment sifatida ajralib turibdi.
Ambulatoriyada davolash xizmatlari narxlari o‘rtacha 9,4 foizga qimmatlashgan. Statsionar davolash va reabilitatsiya xizmatlari segmentida esa narxlar 7,5 foizga ko‘tarilgan. Shu bilan birga, diagnostika vizualizatsiyasi xizmatlari narxlari ham 9,1 foizga o‘sgan. O‘tgan yili esa diagnostika vizualizatsiyasi xizmatlari 15,6 foizga o‘sib, tibbiy xizmatlar ichida yuqori ko‘rsatgichni qayd etgan edi.





