
Sud Alisher Usmonovni Dilbar yaxtasi sohibi deb atashni taqiqladi
13.05.2025 | 10:2647063
GFRning Hamburg yeri sudi Alisher Usmonovni Dilbar superyaxtaning egasi deb atashni man etdi. Mazkur qaror millionerga nisbatan avvalgi media ayblovlarini rasman rad etdi va yangi bosimlarga chek qo‘yishi mumkin.

Hamburg yeri sudi Mediahuis Luxembourg S.A. mediaxoldingiga tegishli nashrlarga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovni Dilbar superyaxtasining egasi sifatida ko‘rsatishni taqiqladi. Bu haqda Usmanov matbuot xizmati ma’lum qildi. Sud bunday iddaolarni asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb topdi.
Agar taqiq buzilsa, Mediahuis 250 ming yevrogacha jarima yoki olti oygacha ma’muriy qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Qonun buzilish holati takrorlansa, umumiy jazo ikki yilgacha yetishi mumkin.
Da’voga 2022 yildagi Luxembourg Times maqolasi sabab bo‘ldi. Unda Alisher Usmonov Dilbar’ga kompaniya va trastlar orqali egalik qiladi, deb yozilgan. Milliarderning yuristlari bu iddaoni yuridik asosdan xoli deb topib, sud orqali u qismni maqoladan o‘chirtirishga erishgan.
2023 yildan beri Usmanovning huquqshunoslari Germaniyada aktivlariga oid turli asossiz xabarlar uchun 10 dan ortiq sudda g‘alaba qozongan. Himoya tomoni barcha mulklar ishonchli, mustaqil trastlar ixtiyoriga o‘tkazilganini ta’kidlamoqda.
Dilbar superyaxtasi 2022 yil aprelda Hamburg portlaridan birida ushlangandi. Bu holat Yevroittifoq va boshqa G‘arb davlatlari tomonidan Usmonovga qarshi sanksiyalarni asoslash vositasiga aylandi.





