add

Surxondaryoda ayol va 5 oylik chaqalog‘ini molxonada saqlaganlar qamaldi

Bugun 18:141 daqiqa

Uzun tumanida 28 yoshli ayol va uning 5 oylik farzandini bir necha oy molxonada saqlanganlarga sud hukmi o‘qildi.

Surxondaryoda ayol va 5 oylik chaqalog‘ini molxonada saqlaganlar qamaldi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayol va uning 5 oylik chaqalog‘ini molxonada tutqunlikda saqlab kelgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

Sud ayolning turmush o‘rtog‘i A.Sh.ni bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi. U Jinoyat kodeksining oiladagi zo‘ravonlik, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jinoyatga suiqasd, odam savdosi hamda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishga oid moddalari bilan javobgar deb e’tirof etildi. Ushbu jinoyatlar jamlanmasi asosida unga 13 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud jarayonida erkakning ikki nafar qarindoshi — M.Sh. va K.Sh. ham aybli deb topildi. Ularga nisbatan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jinoyatga suiqasd, odam savdosi va g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddalari qo‘llanilib, har biri 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Yana bir qarindosh Z.A. esa ushbu jinoyatlar sodir etilishida ishtirok etgan deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sud hukmida jazo turi va muddati shaxsning jinoyatdagi roli va og‘irlatuvchi holatlardan kelib chiqib belgilangani qayd etildi.

Oliy sud axborotiga ko‘ra, taraflar birinchi instansiya sudi hukmi ustidan qonunda belgilangan tartib va muddatlarda Surxondaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Teglar

Mavzuga oid