Surxondaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi

Bugun 10:551 daqiqa

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, shundan bir nafari 10 foiz, yana bir nafari 3-4 foiz yengil kuyish tan jarohati olgan.

Surxondaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi

7-aprel kuni ertalab Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVV xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa soat 08:24 da tumanning “Oqtom” mahallasida joylashgan shoxobchada yuz bergan. “KAMAZ” rusumli propan gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sig‘imga gaz quyish jarayonida chaqnash sodir bo‘lib, natijada yong‘in kelib chiqqan.

Xabar kelib tushishi bilan qutqaruv xizmatlari zudlik bilan hodisa joyiga yo‘l olgan. Soat 08:39 da 5 ta qutqaruv bo‘linmasi yetib kelib, soat 08:42 ga kelib yong‘inni o‘rab olgan. Soat 10:10 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa joyida FVB, ichki ishlar organlari, sog‘liqni saqlash xizmati hamda “Hududgazta’minot” mutaxassislari ish olib borgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, faqat 2 nafar fuqaro, shundan bir nafari 10 foiz, yana bir nafari 3-4 foiz yengil kuyish tan jarohati olgan. Ularni sog‘ligiga xavf yo‘q, hozirda ahvoli yaxshi ekanligi aytilgan.

Teglar

Mavzuga oid