add

Tailand va Kamboja chegarasida to‘qnashuvlar: minglab odamlar uyini tashlab chiqib ketdi

25.07.2025 | 16:0049033

Tailand va Kamboja o‘rtasidagi chegara hududida yuzaga kelgan qurolli to‘qnashuvlar keskinlashib bormoqda. Ikki kunda kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘n minglab odam o‘z uyini tark etib, boshpanalarga ko‘chishga majbur bo‘ldi.

Tailand va Kamboja chegarasida to‘qnashuvlar: minglab odamlar uyini tashlab chiqib ketdi
Associated Press yozgan xabarga ko‘ra, Tailandning to‘rtta chegara provinsiyasida 58 mingdan ortiq fuqaro vaqtinchalik boshpanaga evakuatsiya qilindi. Kamboja esa 4 mingga yaqin aholi xavfli hududlarni tark etganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning aksar qismi tinch aholi va bolalardir. Janjal chorshanba kuni mina portlashi oqibatida besh tailandlik harbiy jarohatlangach boshlandi. Shundan so‘ng, ikki davlat armiyasi o‘zaro artilleriya o‘ti ochib, vaziyat keskinlashdi. Tailand Kambodjani rossiyaliklar ishlab chiqargan BM-21 raketalarini ishlatganlikda ayblamoqda. Kamboja esa Tailandni budda ibodatxonasini bombardimon qilganlikda aybladi. Mo‘’jizakor Preax Vixea ibodatxonasi atrofidagi hujumlar xalqaro e’tiborni jalb etmoqda. Kambodja hukumatining ta’kidlashicha, ushbu yodgorlikka yetkazilgan zarar haqida xalqaro adliya tashkilotlariga murojaat qilinadi. Mojaroning kuchayishi nafaqat harbiylar, balki ko‘plab oddiy fuqarolar hayotini izdan chiqardi. Ayniqsa, Tailanddagi Sisaket va Surin viloyatlaridagi odamlar uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bolalar, keksalar va hatto hayvonlar bilan evakuatsiya qilingan odamlar maktablar va sport zallariga joylashtirildi. Shu paytga qadar BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqiruv bilan chiqdi. Malayziya — ASEAN raisligidagi davlat sifatida, muzokaralarga vositachi bo‘lishga tayyor ekanini bildirdi. Mutaxassislar ikki davlat o‘rtasidagi chegara nizosi yillar davomida hal etilmay kelayotganini, bu esa har qanday vaqtda katta miqyosli to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid