
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining faoliyatlari belgilandi
Prezident qarori (PQ–275-son) bilan «Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat agentlikning maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilab berdi.

Nizomga ko‘ra, agentlik umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohalarida, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida tashqi sifat nazoratini amalga oshiradi. Shu tariqa, u malakalarni baholashda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlikning asosiy vazifalari:
- Ta’lim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;
- Ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish.





