Tashkilotlar xodimlarining soliq qarzi 831,5 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda qariyb 750 ming xodimning yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzi jami 831,5 milliard so‘mga yetdi.

2025 yil 15 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha 173 mingdan ortiq tashkilotning 747 ming nafar xodimi 882 ming soliq ob’ekti bo‘yicha to‘lanmagan yer va mol-mulk solig‘iga ega. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy qarz miqdori 831,5 milliard so‘mni tashkil etgan.
Shundan 501,2 milliard so‘mi yer solig‘i, 330,3 milliard so‘mi esa mol-mulk solig‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. Qarzdorlikning 644,9 milliard so‘mlik qismi tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri kelsa, byudjet tashkilotlari xodimlariga tegishli qarz 150,8 milliard, nodavlat-notijorat tashkilotlari bo‘yicha esa 35,8 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Sohalar kesimida eng katta qarz sanoat sohasida qayd etilgan. Bu yerda 20,8 ming tashkilotda mehnat qilayotgan 130 ming xodimning soliq qarzi 140,7 milliard so‘mga yetgan. Keyingi o‘rinda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi – 138,6 milliard so‘m, hamda savdo sohasi – 116 milliard so‘m bilan qayd etilgan.
Qurilish sohasidagi qarzdorlik 90,3 milliard, tashish va saqlash sohasida 30,6 milliard, ovqatlanish xizmatlari sohasida 28,5 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlardagi xodimlar qarzi 11,7 milliard, axborot va aloqa sohasida esa 8,7 milliard so‘mga yetgan.
Xodimlari eng ko‘p soliq to‘lashi kerak bo‘lgan tashkilotlar orasida «Temiryo‘l infratuzilmasi» AJ — 4 milliard, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ — 3,3 milliard va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ — 3,3 milliard so‘m bilan yetakchilik qilmoqda.