Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun 08:451 daqiqa

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov TIV rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mirvohid Mirilyasovich Azimov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi tegishli qaror Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026 yil 26-may kuni imzolandi va shu kuni yangi o‘rinbosar Tashqi ishlar vazirligi Hay’at yig‘ilishida jamoaga tanishtirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mirvohid Azimov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, 2020 yil kuzidan buyon Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yangi vazir o‘rinbosarining tarjimai holi


46 yoshli Mirvohid Azimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro huquq mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan bo‘lib, yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.
U tashqi siyosat mahkamasi tizimida 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega diplomat hisoblanadi.

Mehnat faoliyati davomida u Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan, shuningdek, 4 yil davomida Pekin shahrida joylashgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) kotibiyatida faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid