Tehron aeroportida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

07.03.2026 | 13:452 daqiqa

O‘tgan tun Tehronda urush boshlanganidan buyon eng kuchli havo zarbalari kuzatilib, ular bir necha soat oraliqda takrorlanmoqda.

Tehron aeroportida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Tehronning yirik tijoriy aeroportlaridan birida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, hodisa paytida uchish-qo‘nish yo‘lagida samolyot yongani ko‘rilgan. Bu voqea Isroil Eron hududiga qarshi yangi zarbalar to‘lqinini boshlaganini ma’lum qilganidan keyin yuz bergan.

Tehron aholisi BBC Persian xizmatiga bergan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi tun hozirgacha eng og‘ir kechgan. Aytilishicha, havo zarbalari har bir necha soatda takrorlanib, shahar atrofida bir necha portlash ovozlari eshitilgan.

Eron bilan g‘ech qanday kelishuv bo‘lmaydi

Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan hech qanday kelishuv bo‘lmasligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, faqat «shartsiz taslim bo‘lish» variantigina mavjud bo‘lib, bunday holatda Eron AQSH ma’muriyatiga maqbul bo‘lgan yangi yetakchini tanlashi kerak.

Rossiyaning Eronni qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset izoh berdi. U CBS News telekanaliga bergan intervyusida Donald Tramp kimlar o‘zaro muzokara olib borayotganini «juda yaxshi bilishini» ta’kidladi.

Livanda halok bo‘lganlar

Mintaqadagi keskinlik Livanga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil zarbalari boshlanganidan buyon 217 kishi halok bo‘lgan. Bayrut shahrida ham kuchli portlashlar kuzatilgani xabar qilinmoqda.

Ayni paytda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi mintaqada qolib ketgan fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlarini boshlagan. Ma’lum qilinishicha, ikkinchi charter reysi Ummondan uchib ketgan bo‘lib, u yerdagi britan fuqarolarini xavfsiz hududga olib chiqish rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid