«Telegram» ishida global uzilish yuz berdi

Bugun 22:021 daqiqa

Foydalanuvchilar xabar yuborish, fayl yuklash va chatlarni ochishda turli texnik muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabar berishmoqda.

«Telegram» ishida global uzilish yuz berdi

«Telegram» messenjeri 12-mart kuni dunyoning turli mamlakatlarida uzilishlar bilan ishlamoqda. «Downdetector» servisi ma’lumotlariga ko‘ra, nosozlik haqida, xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Belarus, Ukraina va Rossiyadan bo‘lgan foydalanuvchilar xabar berishgan.

Bir kun avval messenjer ishidagi nosozliklar haqida Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar o‘lkasi, Novosibirsk oblasti va Rossiyaning boshqa ba’zi hududlari yashovchilari xabar berishgan edi. «Telegram» ishi bo‘yicha shikoyatlar o‘shanda boshqa mamlakatlardan ham tushgan.

Teglar

Mavzuga oid