Logo

Termiz shahar hokimligi noqonuniy bo‘shatilgan xodimlarga 212 million so‘mdan ortiq tovon puli to‘laydi

Mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilingan ikki fuqaro Davlat mehnat inspeksiyasi yordamida ishga tiklandi.

Termiz shahar hokimligi noqonuniy bo‘shatilgan xodimlarga 212 million so‘mdan ortiq tovon puli to‘laydi

Termiz shahar hokimligi tomonidan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan ikki nafar xodim Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan sud orqali o‘z lavozimiga tiklandi va ular foydasiga jami 212 million so‘mdan ortiq tovon puli undiriladigan bo‘ldi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati hududiy Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan S. Xonimov va S. Abdulazizovning murojaati asosida o‘tkazilgan tekshiruvda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari qonunchilik talablariga zid ravishda bekor qilingani aniqlangan. Holat yuzasidan sudga kiritilgan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirildi.

Majburiy progul va ma’naviy zarar tovoni

Sud qaroriga muvofiq, fuqarolar avvalgi lavozimiga ishga tiklangan. Majburiy progul davri uchun S. Xonimov foydasiga 103 784 375 so‘m, S. Abdulazizov foydasiga esa 93 762 541 so‘m undirilishi belgilangan.

Shuningdek, ma’naviy zarar uchun har ikkala fuqaroga 7,5 million so‘mdan, jami 15 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi qaror qilindi.

Teglar

Mavzuga oid