
Texasdagi suv toshqinlarida 24 kishi halok bo‘ldi
AQSHning Texas shtatida sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinlari oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar 23–25 nafar odam, asosan bolalar bedarak yo‘qolganini ma’lum qilmoqda.

Suv toshqini asosan Kerr okrugida qayd etilgan. Talofatlar orasida Kamp Mistis yozgi qizlar lagerida bedarak yo‘qolganlar ham bor. Hozirgacha 237 kishi qutqarilgan yoki xavfli hududdan evakuatsiya qilingan.
Texas gubernatori Greg Abbott bu holatni falokat deb baholadi va favqulodda holat joriy etdi. Bu qaror qutqaruvchilarga zarur resurslardan foydalanishga yo‘l ochdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari tungi payt ham to‘xtatilmayotgani ma’lum qilindi.
Ob-havo mutaxassislari bunday miqdordagi kuchli yomg‘irni oldindan bashorat qilmaganini tan olishgan. Bu esa to‘satdan kelgan sel oqimlari va yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp tabiiy ofatni «dahshatli va talofatli» deb atadi.
Avvalroq shunga o‘xshash holat Indoneziyada ham sodir bo‘lib, u yerda parom cho‘kib bir necha kishi halok bo‘lgan edi.





