add

«The Lancet» jurnali: O‘zbekistondagi tashabbuslar global tibbiyotga yo‘l ko‘rsatmoqda

26.09.2025 | 15:2913153

200 yillik tarixga ega «The Lancet» jurnali bolalar saratoni bo‘yicha maqolasida O‘zbekiston islohotlarini global sog‘liqni saqlashga namuna deb atadi.

«The Lancet» jurnali: O‘zbekistondagi tashabbuslar global tibbiyotga yo‘l ko‘rsatmoqda
Dunyodagi eng nufuzli tibbiyot jurnali sanalgan «The Lancet» so‘nggi maqolasida bolalar saratoni va qon kasalliklariga qarshi choralar jahon miqyosida kechiktirilmasdan kuchaytirilishi lozimligini ta’kidladi. BMT hisobotlariga ko‘ra, ayniqsa kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda bu yo‘nalishda ishlar sust ketmoqda. Natijada, saratonga chalingan bolalarning 30 foizdan kamrog‘i tirik qolmoqda, o‘roqsimon hujayrali anemiya bilan og‘rigan chaqaloqlarning esa yarmi besh yoshga yetmay vafot etmoqda. Maqolada ayni shu muammolar ortida O‘zbekiston tajribasi alohida namuna sifatida tilga olindi. Jumladan, Prezident farmoni asosida bolalar saratoniga qarshi milliy strategiya qabul qilingani, Toshkentdagi Xalqaro akademik markaz butun mintaqada klinik tajriba va innovatsiyalar markaziga aylanayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, davolash, parvarish va kadrlar tayyorlashda yagona yondashuv yo‘lga qo‘yilgani, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar global sog‘liqni saqlash kun tartibiga mos ekani ta’kidlandi. Bu holat mamlakatdagi sog‘liqni saqlash islohotlari nafaqat ichki ahamiyatga ega, balki jahon miqyosida ham e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

«The Lancet» jurnali: O‘zbekistondagi tashabbuslar global tibbiyotga yo‘l ko‘rsatmoqda | Vaqt.uz