add

Tig‘iz dastur bilan Ozarboyjonga jo‘nab ketgan Mirziyoyev «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yadi

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun davlat rahbarining Ozarbayjonga uch kunlik rasmiy tashrifining tig‘iz dasturi haqida ma’lumot berdi.

Tig‘iz dastur bilan Ozarboyjonga jo‘nab ketgan Mirziyoyev «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi. Tashrif davomida u Boku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlarida bo‘ladi. Shuningdek, ikki mamlakat yetakchisi Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazishi, «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yishi va O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib berishi ma’lum qilingan. 3 iyul kuni prezidentlar muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi «Imorat» tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadi. «Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha salmoqli kelishuvlar to‘plami shakllantirilgan. Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024 yilda ittifoqchilik maqomini olgan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko‘rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir», deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid