add

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Bugun 12:581 daqiqa

Kutilayotgan yog‘ingarchilik va harorat o‘zgarishi sabab ayrim tog‘li hududlarda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

2026 yil 21–26-yanvar kunlari davomida kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab O‘zbekistonning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Jumladan:

— Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

— Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

— Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

— Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

— Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

— Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

«Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid