add

Tojikistonda elektr cheklovlari kuchaytirildi: davlat idoralarida chiroqlar o‘chiriladi

29.11.2025 | 21:504702 daqiqa

Tojikistonda elektr tanqisligi keskinlashib, davlat korxonalari va budjet tashkilotlari ishdan so‘ng to‘liq tarmoqdan uzilishi belgilandi, cheklovlar muddati esa ma’lum qilinmagan.

Tojikistonda elektr cheklovlari kuchaytirildi: davlat idoralarida chiroqlar o‘chiriladi

Tojikiston hukumati elektr ta’minotidagi mavsumiy tanqislikka javoban butun mamlakat bo‘ylab qo‘shimcha cheklovlar joriy etdi. «Elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlari» AJ barcha hududiy filiallarga yangi ko‘rsatmalar yuborib, ayrim toifadagi iste’molchilarni kechki payt to‘liq tarmoqdan uzish tartibini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1-guruh iste’molchilari — 5 kWgacha quvvat sarflagan sanoat va boshqa ob’ektlar, poytaxtdan tashqari hududlarda belgilangan vaqtda elektrdan uziladi. Shu bilan birga, aqlli hisoblagichlar ham rejaga muvofiq vaqtincha ishdan chiqariladi.

Eng keskin cheklovlar davlat organlari va budjet tashkilotlariga taalluqli. Rasmiy ko‘rsatmaga binoan, elektr ta’minoti har kuni 18:00 dan boshlab, ertasi ish kungigacha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan ko‘cha yoritish tizimlari o‘chiriladi, elektromobil quvvatlash stansiyalari esa soat 18:00–22:00 oralig‘ida faoliyat yuritmaydi.

Ko‘rsatmalar 27-noyabrdan boshlab darhol amalga kiritilgan. Biroq cheklovlar qachongacha davom etishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Energetika sohasidagi muammoning asosiy sababi — Norak suv omboridagi holat. Mamlakatning 50–70 foiz elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi Norak GESda suv sathi sezilarli ravishda, taxminan 3 metrga kamaygan. Bu mamlakatning barcha hududlarida elektr ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt Dushanbe tashqarisidagi hududlarga elektr ertalab soat 5:30–8:00, kechqurun 17:30–21:00 oralig‘ida berilayotgani aytilgan. Biroq aholi amaliy sharoit boshqacha ekanini ta’kidlamoqda: ko‘p joylarda faqat 2 soatlik elektr ta’minoti mavjud. Keying kunlarda mamlakat poytaxtining o‘zida ham qisqa muddatli o‘chirishlar qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid