Tojikistonda ilk bor shisha zavodi quriladi
Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra , loyihaning umumiy qiymati 120 million dollarni tashkil etadi. Hukumat va Crystal Green Glass MCHJ o‘rtasida zavodni qurish va ishga tushirish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi.

Dushanbeda kvars, panelli shisha va idishlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy sanoat majmuasi quriladi. Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra , loyihaning umumiy qiymati 120 million dollarni tashkil etadi.
Tojikiston hukumati va Crystal Green Glass MCHJ o‘rtasida zavodni qurish va ishga tushirish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha poytaxtda ilg‘or global texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy sanoat majmuasini qurishni o‘z ichiga oladi. Korxona ishga tushirilgandan so‘ng, 450 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bu Tojikiston tarixidagi birinchi zamonaviy shisha ishlab chiqarish korxonasi bo‘lishini ta’kidlamoqda. Hozirda mamlakat import qilingan shisha mahsulotlariga tayanadi va loyihani amalga oshirish mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan loyihaning amalga oshirilishi Tojikiston Respublikasiga 2040 yilgacha bo‘lgan davrda investitsiyalarni jalb qilish strategiyasining maqsadlariga erishishga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga, mamlakatning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga, yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratishga hamda import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga yordam beradi, deb ta’kidlaydi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi.





