add

«Tolibon» yetakchilari qidiruvga berildi

08.07.2025 | 20:4514672

Xalqaro jinoyat sudi Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga chiqqan «Tolibon» yetakchilari Haybatullo Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniyni rasman qidiruvga berdi.

«Tolibon» yetakchilari qidiruvga berildi
2025 yil 8 iyul kuni Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan Afg‘onistonda hokimiyatni egallab turgan «Tolibon» harakati yetakchilari — Haybatullo Oxundzoda va mamlakat Oliy sudi raisi Abdul Hakim Haqqoniyga nisbatan hibsga olish bo‘yicha order chiqarilgani ma’lum qilindi. Bu haqda XJSning rasmiy press-relizida qayd etilgan. Sudning aytishicha, qaror XJSning II Palatasi — dastlabki ishlarni ko‘rib chiquvchi tuzilmasi tomonidan qabul qilingan. Sud Oxundzoda va Hakqoniyni ayollar va qizlarga nisbatan gender asosida ta’qib qilish — insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblamoqda. Ta’kidlanishicha, ular bu harakatlarni bevosita buyruq berish, gijgijlash yoki yordam ko‘rsatish orqali amalga oshirgan. Shuningdek, ushbu jarayonda ishtirok etgan yoki yordam bergan boshqa shaxslar ham ta’qibga uchragan. Oxundzoda va Haqqoniy «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelgan 2021 yil 15 avgustdan beri amalda mamlakatni boshqarib keladi.

Teglar

Mavzuga oid

«Tolibon» yetakchilari qidiruvga berildi | Vaqt.uz