add

To‘qayev Pokistonda: uni qiruvchi samolyotlar kuzatib bordi

Bugun 18:202 daqiqa

Qozog‘iston Prezidenti davlat tashrifi bilan Islomobodga bordi. Shu haftada O‘zbekiston Prezidentining ham ushbu davlatga tashrifi kutilmoqda.

To‘qayev Pokistonda: uni qiruvchi samolyotlar kuzatib bordi

Bugun, 3-fevral kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan Pokistonga yetib bordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pokiston havo hududida Qozog‘iston prezidenti samolyotini Harbiy havo kuchlari samolyotlari kuzatib bordi.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Islomobodga tashrifi 3–4-fevral kunlariga rejalashtirilgan. Tashrif doirasida bosh vazir Shahboz Sharif va prezident Asif Ali Zardari bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi. To‘qayev qozog‘iston-pokiston biznes forumida ham ishtirok etadi.

Uning ortidan 2026 yilning 5–6-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ham rasmiy tashrif bilan Pokistonda bo‘lishi kutilmoqda. «Business Recoreder» nashrining yozishicha, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tayyorgarlik ishlarini shaxsan nazorat qilib, barcha idoralarga tashrif doirasidagi tadbirlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Transafg‘on temiryo‘li — asosiy loyiha

Kun tartibidagi strategik loyihalardan eng muhimi — Transafg‘on temir yo‘lidir. Ushbu yo‘lak Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lab, yuk yetkazib berish muddatini 3–5 kungacha qisqartirish va xarajatlarni 40 foizga kamaytirish imkonini beradi. 2025 yilda loyiha bo‘yicha texnik asoslar tayyorlanib, moliyalashtirish masalalari muhokama qilingan.

Investitsiya va sanoat hamkorligi

Shuningdek, tashrif doirasida Islomobodda O‘zbekiston–Pokiston biznes forumi va «Madye in Uzbekistan» ko‘rgazmasi o‘tkazilib, to‘qimachilik, farmatsevtika, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi. Tashrif yakunlarida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi Strategik sheriklik oliy kengashini tashkil etish rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid