
To‘qayev Rossiyaga boradi. U bugun Putin bilan gaplashib oldi
Tashrif 12 noyabrga mo‘ljallangan. Ikki davlat rahbari yaqinda Dushanbeda ko‘rishgandi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat davomida Qozog‘iston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilgan.
Bu ikki davlat rahbarlarining bir oy ichida ikkinchi bor telefon orqali suhbatlashishidir.
Davlat rahbarlarining so‘nggi shaxsiy uchrashuvi oktyabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida ro‘y bergan edi.
Qozog‘iston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi 12 noyabrga belgilangan.





