add

To‘rt investor «O‘zagrosug‘urta»ni xarid qilishga qiziqish bildirdi

26.08.2025 | 20:0016253

Ular endi «E-auksion» platformasi orqali o‘z taklif summasining kamida 1 foizi miqdorida kafolat to‘lovini kiritishi kerak.

To‘rt investor «O‘zagrosug‘urta»ni xarid qilishga qiziqish bildirdi
To‘rt investor «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatini sotib olishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi portalida e’lon qilingan hujjatda ma’lum qilingan. Joriy yil 10 iyuldan «O‘zagrosug‘urta» AJ ustav kapitalidagi 99,35 foiz davlat aksiyalar paketini sotish bo‘yicha xalqaro ochiq savdo jarayonlari boshlangan. Targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida «Deloitte» xalqaro kompaniyasi potetsial investorlarga Aktiv bo‘yicha investitsiya tizerlarini yuborgan va to‘rtta investor tomonidan qiziqish bildirilgani haqida arizalar kelib tushgan. Barcha arizalar moliyaviy imkoniyatlarning yetarliligi; huquqiy to‘siqlar mavjud emasligi; jinoiy daromadlar va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi qonunchilikka rioya qilish holati; Yevropa Ittifoqi, AQSH va xalqaro moliya institutlari sanksiyalari ro‘yxatlariga kiritilmagani; davlat kompaniyasi maqomiga ega emasligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, barcha talabgorlar ushbu mezonlarga to‘liq muvofiq deb topilgan hamda xususiylashtirish jarayonining keyingi – Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilinadi. Takliflarni qabul qilish joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Har bir ishtirokchi «E-auksion» platformasi orqali o‘z taklif summasining kamida 1 foizi miqdorida kafolat to‘lovini kiritishi shart.

Teglar

Mavzuga oid