
Toshkent aeroportida 230 mln so‘mlik iPhone 17 ushlandi
22.09.2025 | 21:0018902
Toshkent xalqaro aeroportida Qatardan noqonuniy olib kirilayotgan 9 ta iPhone 17 smartfoni to‘xtatib qolindi.

Kontrabandaga qarshi kurashish sho‘’basi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 9 dona iPhone 17 smartfoni noqonuniy olib o‘tilishi fosh etildi. Bu haqda «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati xabar berdi.
Doha – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi «yashil» yo‘lakdan o‘tish chog‘ida to‘xtatilib, uzi va bagaji tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruv jarayonida yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona nazoratiga taqdim etilmagan 9 dona iPhone 17 smartfoni topilgan. Ularning dastlabki bahosi 230 mln so‘mni tashkil etgan. Smartfonlar huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
Bojxona organlari ma’lumoticha, fuqaroga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan va hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Hodisa bo‘yicha yakuniy qaror qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Eslatib o‘tish joiz, Apple 9 sentyabrda yangi mahsulotini taqdim etgan edi. (https://vaqt.uz/2025/09/09/apple-5-yil-ichida-birinchi-marta-tramp-tariflari-sabab-narxlarni-oshirdi/) iPhone 17 narxi 799 dollardan, iPhone 17 Pro’ 1099 dollardan, Pro Max modeli esa 1199 dollardan boshlanadi.





