add

Toshkent atrofidagi issiqxonalarda ekologik reydlar davom etmoqda

Kecha 15:45601 daqiqa

3-dekabr kunidagi reydlarda Toshkent shahri va uning atrofidagi 430 ta issiqxona faoliyati tekshirilgan.

Toshkent atrofidagi issiqxonalarda ekologik reydlar davom etmoqda

Prezident topshirig‘iga asosan, Toshkent shahri va unga tutash hududlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi ob’ektlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 3-dekabr kuni yirik reyd o‘tkazilgan. Bu haqda Maxsus komissiya telegram kanalida e’lon qilindi.

Reyd doirasida Zangiota tumanida 176 ta issiqxona faoliyati o‘rganilib, profilaktik choralar ko‘rilgan. Tekshiruvlarda huquq-tartibot organlari va ekologlardan iborat katta guruh ishtirok etgan.

Toshkent tumanida ham 20 ta issiqxona tekshirilib, qoidalarni buzgan 19 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Reydga bir nechta idoralardan jami 100 dan ortiq xodim jalb etilgan. Qibray tumanida esa 182 ta issiqxona ko‘zdan kechirilib, ifloslanishning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar amalga oshirilgan.

Yuqorichirchiq tumanida 7 ta, Yangiyo‘l tumanida esa 45 ta issiqxona tekshirilgan. Yangiyo‘lda 3 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Umumiy hisobda 430 ta issiqxona faoliyati o‘rganilgan va 22 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid