add

Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

04.07.2025 | 17:3028633

To‘lovlarning zamonaviy usullarga o‘tish fonida yo‘lovchilar soni kamaygan kassalar faoliyati to‘xtatildi.

Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi
Toshkent metrosida yo‘lovchilarning an’anaviy chipta sotib olishga qiziqishi kamaygani bois 13 ta bekatdagi ayrim kassalar yopildi. Bu haqda Metropoliten axborot xizmati ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda yo‘lovchilarning faqat 6–7 foizi kassa orqali QR-kodli bir martalik chipta xarid qilmoqda. Ilgarigi yillarda bu ko‘rsatkich 45–50 foizni tashkil etgan. bugungi kunda yo‘l haqini to‘lash uchun 10 dan ortiq zamonaviy usullar mavjud bo‘lib, ular orasida ATTO va bank kartalari, mobil ilovalar hamda biometriya vositalaridan foydalanish imkoni bor. Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, uzoq muddatli kuzatuvlar natijasida kassalarda chipta xaridi sezilarli kamaygani aniqlangan. Shu sababdan, «Mirzo Ulug‘bek», «Xalqlar Do‘stligi», «Paxtakor», «Hamid Olimjon», «Pushkin», «Do‘stlik», «Toshkent», «Oybek», «Tinchlik», «Shahriston», «Bodomzor», «Minor» va «Abdulla Qodiriy» bekatlaridagi bir har biriga tegishli bittadan vestibyuldagi kassa yopildi. Ushbu nuqtalarda sinov tariqasida avtomatlashtirilgan chipta sotish qurilmalari – maxsus bankomatlar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, yo‘lovchilar bu joylarda ham barcha amaldagidek raqamli to‘lov usullaridan foydalanishlari mumkin. Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, zamonaviy to‘lov usullari nafaqat vaqtni tejaydi, balki yo‘l haqini ham arzonroq qiladi.

Teglar

Mavzuga oid